Qashqadaryoda Germaniyaning ilg'or tajribasi joriy qilinib, xorijlik mutaxassislar faoliyat yuritadi
Viloyatimiz delegatsiyasi Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida Shtaynbax-Hallen shahrida joylashgan Simson Private Akademie GmbHning o'quv jarayonlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur kompaniyada ayni vaqtda 20 nafardan ortiq o'zbekistonlik yoshlar (3 nafari qashqadaryolik) Ausbildung (dual ta‘lim) dasturi bo'yicha mehnat qilishmoqda. Kompaniya direktori Max Reumschussel, loyiha kordinatori Shonosir Shorahmedovlar tomonidan delegatsiya a'zolariga shirkat quvvati, afzalliklari, yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. Muzokaral...
- Ijtimoiy
- 479
- 19.03.2024
Qashqadaryoda hashar munosabati bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish avjida
16-martdan 18-martga qadar viloyatimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlab yuborildi. Qashqadaryo sohili bo‘yida mazkur obodonlashtirish ishlari "Yashil makon" umummilliy harakatiga ulanib ketdi va unda ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari hamda masʼullar keng jamoatchilik, turli soha egalari va yoshlar bilan birgalikda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Hasharning birinchi kunidayoq 249 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarilib, 83 ta texnika vositalari h...
- Ijtimoiy
- 459
- 18.03.2024
Shahrisabz tumani hokimining 2024-yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Taqdimotda viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida viloyat sektorlar rahbarlari, tegishli tashkilot, tuman sektor rahbarlari va mas’ul tashkilotlar hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. Taqdimotda tuman hokimi Samad Hasanov 2024-yilda tumanda sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, bandlik masalalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, 4 ta kichik sanoat zonasida qiymati 313 milliard so‘mlik loyihalar ishga tushiriladi. Loyiha qiymati 82,5 million dollarlik 29,4 MVtlik 5 ta mikr...
- Ijtimoiy
- 480
- 16.03.2024
Qarshi shahrida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari uchun to‘lov narxlari tasdiqlandi
Qashqadaryo viloyati hokimining qaroriga ko‘ra, Qarshi shahrida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish, joylashtirish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yangi tariflar joriy qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, yirik gabaritli maishiy chiqindilar, chorvachilik chiqindilari, qurilish chiqindilari, tuproq, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilarni olib chiqib ketish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan kelishilgan narxlarda alohida to‘lovlar evaziga amalga oshiriladi...
- Ijtimoiy
- 609
- 15.03.2024
Viloyat va tuman (shahar)larda o‘tkaziladigan navro'z bayrami tadbirlarining sanasi
Navro‘z umumxalq bayrami viloyatimizda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi. Viloyat va uning tuman hamda shaharlarida o‘tkaziladigan bayram tadbirlarining sanasi belgilandi: Viloyatning asosiy bayrami - 20-mart, soat 11:00 daQarshi shahri bilan birga yozgi “Amfiteatr” majmuasida; Kitob tumanida — 20-mart, soat 11:00 da“Hamid Olimjon” istirohat bog‘i; Mirishkor tumanida — 19-mart, soat 11:00 da&l...
- Ijtimoiy
- 496
- 14.03.2024
Bir kunning o‘zida 5 ta xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazildi
Xorijdan yurtimizga, xususan, Qashqadaryoga sarmoya kiritish istagida bo‘lgan chet ellik tadbirkor va ishbilarmonlar bilan doimiy hamda natijaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish nafaqat viloyatimiz iqtisodiyotiga, balki, ijtimoiy va bandlik masalalarida ham muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan, joriy yilning 11-mart kuni viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi masʼullar Fransiya, Ispaniya va Xitoyning 3 ta yirik kompaniyasi rahbarlarini ham qabul qilib, bir qator masalalarda muzokaralar olib bordi. Birgina Fransiyaning "Eiffage Génie Civil" kompaniyasi bilan hamkor...
- Ijtimoiy
- 510
- 12.03.2024
Qashqadaryoda “Eng namunali mahalla raisi” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi
Sir emas, hammamizning hayotimizdagi yaxshi va beg‘ubor damlar, tashvishli kunlar, taqdirimiz va kelajagimiz, o‘zini o‘zi boshqarishning noyob tizimi bo‘lgan mahalla bilan bevosita bog‘liq. Maʼlumki, mamlakatimizda bu yil ilk marotaba “Eng namunali mahalla raisi” tanlovi oʻtkazilmoqda. Uning Qashqadaryo viloyati bosqichida 16 nafar nomzod gʻoliblik uchun bellashdi. Bu bosqichda ishtirokchilar uchta shart - amalga oshirilgan ishlar taqdimoti, sohaga oid qonun hujjatlari boʻyicha savol-javoblar hamda muammoli vaziyatlarga yechim topish boʻyicha oʻz maho...
- Ijtimoiy
- 492
- 11.03.2024
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyat hokimi Azimov Murotjon Berdialiyevichning vohamiz xotin-qizlariga yo'llagan bayram tabrigi
Assalomu alaykum moʻtabar onaxonlar, aziz opa-singillar, qadrli bayram ishtirokchilari! Avvalambor, barchangizni, Siz orqali qashqadaryolik mehnatsevar va dilbar ayollarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy tabriklayman. Qalbimdagi yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman. Ayol – dunyo beshigini tebratuvchi, mehr va vafo, sadoqat timsoli bo‘lgan moʻtabar zotdir. Barcha ezguliklar, oilaning, Vatanning azizligi haqidagi muqaddas tushunchalar Sizdan boshlanadi. Hayotimizda biz anglagan barcha yaxshiliklar uchun ayolga, onaga hamisha taʼzimdamiz....
- Ijtimoiy
- 534
- 07.03.2024
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan mamlakatimizda, xususan, Qashqadaryo viloyatida moʻtabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsat...
- Ijtimoiy
- 511
- 06.03.2024
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, quyidagi qashqadaryolik qizlar Davlat mukofoti bilan taqdirlandi: - Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi; - Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti.
- Ijtimoiy
- 437
- 05.03.2024