Qarshi shahridagi kardiologiya markazida yil boshidan buyon 2500 nafar bemorlarga yuqori texnologik kardiojarrohlik diagnostikasi va davolash amaliyotlari o‘tkazilgan bo‘lsa shundan  310 nafar bemorlar respublikamizning turli viloyatlaridan hisoblanadi.
 
Rossiya, Germaniya, Gruziya va Shvetsariyadan kelgan malakali mutaxassislar hamkorligida kardiojarrohlik va endovaskulyar amaliyotlari o‘tkazildi. Shuningdek, joriy yil 15 ta bemorda to‘liq autoarterial minimal invaziv MICS CABG birinchi bor O‘zbekistonda 6-8 sm kesish orqali qovurg‘alararo bo‘shliqdan amaliyotlari bajarilgan.
 
Shu bilan birga, yurtimizda birinchi bo‘lib "Florida sleeve" murakab kardiojarrohlik amaliyoti Rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
 
Yana shuni aytish lozimki, 2021 yil aprel-may oylarida jami 29 nafar kam ta’minlangan va nogironligi bor bemorlarda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan yuqori texnologik (AKSH, toj tomirlar stentlash amaliyoti, klapan protezlash) amaliyotlar o‘tkazilgan.
 
 
Shu boisdan, viloyat hokimi mazkur markazda faoliyat yuritayotgan, chet elda ta’lim olib malakasini oshirgan bir qator yosh va tajribali kardiojarrohlar bilan uchrashdi.
 
 
Uchrashuvda Zoyir Mirzayev, shifokorlarning muammo va takliflarini tinglagan holda mazkur markazni respublikamizdagi salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladigan jihatlarni o‘rgandi.
 
 
Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan kardiologiya markazida boshqa viloyatlardan va vohamizning olis hududlaridan kelib ishlayotgan shifokorlarning yashash turmush darajasini oshirish maqsadida ularning ijara to‘lovlarini qoplab berish taklifi ilgari surildi.
06-10-2021 |
Foto galereya