Avazov Azamat G‘iyosovich - Qashqadaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i. 

A.Avazov 1986 yil Koson tumanida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Malayziyaning "Lincoln University" magistraturasini tamomlagan. 

U mehnat faoliyatini 2012 yilda Birlashgan Arab Amirliklaridagi “SALESMAN” firmasidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Shuningdek, Ravshanov Rinat Meyliyevich viloyat hokimligi yuridik xizmati bosh yuristkonsulti lavozimiga tayinlandi. U bungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli vagon deposi huquqshunosi vazifasida ishlab kelgan. 

 Ahror Sodiqov,
Viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari.

29-04-2021 |
Foto galereya