Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2-noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qator dolzarb masalalar jumladan, kelgusidagi ekologik vaziyatlarni inobatga olgan holda daraxt ekishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarishlari va viloyatlarda yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha qilgan tashabbuslari aholi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. 
 
Shuningdek, mazkur videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga asosan, yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali shaharlarda yashil maydonlarni 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgani, buning uchun esa 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingani ma’lum bo‘lgan edi.
 
Bu borada, ayni kunlarda qashqadaryoliklar 16 milliondan ortiq daraxt ekish tadbirlarini boshlab yubordi va unda mahalliy hokimyat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolar ham faol ishtirok etib, yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish va kelajak avlodga tabiatni yashillikka burkangan holda qoldirishni maqsad qilganlar.
 
 
Shu boisdan, bu kabi ona tabiatni asrab-avaylash va yashil maydonlarni kengashtirishga o‘z tashabbusi bilan ishtirok etmoqchi bo‘lgan Qashqadaryo xalqi uchun viloyat hokimi Zoyir Mirzayev murojaat qildi va unda ijtimoiy soha rahbarlari, faollar va OAV vakillari ishtirok etdi.
 
- Azaldan ota-bobolarimiz yaxshi niyatlar bilan ko‘chat ekishgan, farzandlari kamolini shu ko‘chatni unib-o‘sishi bilan bog‘lashgan, - dedi viloyat hokimi. - Ushbu an’ana davom etishi kerak. Yaxshi niyatlar bilan ekilgan nihol faqat yaxshi kunlarga xizmat qiladi.
 
 
Murojaatda viloyat rahbari tomonidan, o‘zimizning boy o‘tmishga ega bo‘lgan va o‘zining noyob foydali xususiyatlariga ega bo‘lgan qator o‘simlik hamda daraxtlar haqida alohida to‘talib o‘tildi va hududlarning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda ularni ekish bo‘yicha bir muncha tavsiya va takliflarini berib o‘tdi.
10-11-2021 |
Foto galereya