Ushbu bosh g‘oya asosida o‘tkazilayotgan tadbir ham Qashqadaryo viloyatida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq, tuman va shaharlarimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan boshlangan tantanalar kecha Qarshi shahridagi viloyat amfiteatrida bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimovning tabrik so‘zi bilan boshlangan bayram dasturi vatan va muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar bilan davom etib, yakunda bayramona mushakbozlik bilan yakunlandi.

Istiqlolimizni 32 yilligi munosabati bilan har kuni joylarda ijtimoiy va tadbirkorlik obyektlari foydalanishga topshirilmoqda.

29-08-2023 |
Foto galereya