QarMII akademik litseyi bitiruvchisi Habibullo Davronov oʻquv yili yakunlanmasdan xorijdagi TOP-500 reytingida oʻz oʻrniga ega boʻlgan 10 ta universitetga oʻqishga kirdi.

Xususan, jami 600 ming AQSh dollarlik grantni tashkil etgan Nyu-Xeyven, Toshkentdagi Vebster, Canitsius, Evansvill, Ozarks, Vingey, Kolduell, Anna Mariya, Uilling va Makmerri universitetlari shular jumlasidandir.

Shuningdek, u yaqinda nemis tilini bilish darajasini aniqlash uchun Gyote instituti tomonidan oʻtkazilgan imtihonda ham eng yuqori – 80 ball toʻplab, xalqaro miqyosdagi “Goethe Zertifikat A2” darajasiga ega boʻldi!

Ma'lumot uchun, Habibullo ingliz tili boʻyicha CEFRdan S1 milliy sertifikatiga, IELTS xalqaro sertifikat boʻyicha esa 6 ballga ega hisoblanadi.

13-06-2023 |
Foto galereya