Navbatdagi o'tkazilgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 57-sessiyasidan vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid bir qator muhim yo'nalishlar joy oldi. Kengash raisi, viloyat hokimi Murotjon Azimov, deputatlar va qo'yilgan masalalarning soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan sessiyada quyidagi:

- viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati hamda huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

- viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida;

- joylarda hokim yordamchilari tomonidan aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida va boshqa masalalar muhokama etilib, savol-javoblarga boy bo'ldi.

Shuningdek, barcha qarorlar "e-qaror.gov.uz" saytida e'lon qilinadi.

19-01-2023 |
Foto galereya