"Indorama Agro" MCHJ XK tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini lazer nivelirida tekislash va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
 
 
Seminarda viloyat hokimi Murotjon Azimov, "Indorama Agro" MCHJ XK bosh direktori Prakash Kejrival, Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov va tuman sektor raxbarlari hamda qishloq xo‘jaligi vakillari ishtirok etishdi.
 
 
Seminar davomida "Indorama Agro" MCHJ XK rahbarlari amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berishib, viloyat rahbari tomonidan 2022-yil yakunlarida qishloq xo‘jaligi sohasida Kasbi va Nishon tumanlarida samarali xizmat qilgan soha vakillari taqdirlandi. Shuningdek, tadbir yakunida 2023-yilgi rejalar xususida ham so‘z borib, viloyat hokimi tomonidan bir qancha takliflar bildirildi.
 
01-08-2022 | Ijtimoiy | 646
Foto galereya