Prezidentimiz rahbarliklarida joriy yil o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha berilgan qator vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida tanqidiy-tahliliy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun tartibiga ko‘ra, huquq tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish bo‘yicha viloyatning 823 ta mahallalari sektorlar bo‘yicha 6 ta huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilishi, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitgan holda bandligini taʼminlash va ularni xorijiy tillar, ayniqsa, axborot texnologiyalariga o‘qitish choralarini ko‘rish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida muddatli harbiy xizmatga jalb qilish va qator boshqa masalalar bo‘yicha ma'lumotlar berilib, masʼullarning chora-tadbirlar rejasi eshitildi.

Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan vohamizda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ham aniq topshiriq va takliflar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida barcha masalalar yuzasidan sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan masʼullar ogohlantirilib, yoshlar masalasi hayot-mamot masalasi ekanligi alohida taʼkidlab o'tildi.

14-02-2024 |
Foto galereya