Qodirov Аlisher Аbdulaxatovich Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʼi lavozimiga tayinlandi. А.Qodirov tayinlangunga qadar viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U 1975 yil Qarshi shahrida tugʼilgan. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan.

Bugun viloyat hokimligi majlislar zalida ushbu tayinlovga bagʼishlab oʼtkazilgan yigʼilishda Davlat soliq qoʼmitasi raisining birinchi oʼrinbosari Mubin Mirzayev va viloyat hokimi Zoyir Mirzayev soliq sohasi oldida turgan masalalarga toʼxtalib, yangi tayinlangan toʼrtinchi sektor rahbariga ish faoliyatida omadlar tilashdi.

18-06-2021 |
Foto galereya