Bugungi kunda Qarshi shahri kundan-kunga chiroy ochib, bu yerda ham inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsadlarni amalga oshirish va shahar aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida turli ijtimoiy ob’yektlar foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, bugun ham shahar markazida joylashgan "Kunchiqar" mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi o‘z ishini boshladi.
 
 
Yangi qurilgan mahalla binosida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori uchun alohida xonalar mavjud bo‘lib, ularning har-biri zamonaviy moddiy-texnika vositalari va mebel jihozlari bilan ta’minlangan.
 
 
Ochilish marosimida so‘z olganlar Prezidentimizning "Farzandlarimiz tarbiyasida nuroniylarimizning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanishimiz zarur", deya ta’kidlaganlari zamirida ham yoshlar tarbiyasida va mahallalar obodligida nuroniylarning o‘rni beqiyosligi e’tirof etishdi.
 
 
 
Tadbirda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri Tursinxon Xudaybergenov, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov va shahar hokimi Normo‘min Xolboyevlar ishtirok etdi.
29-03-2022 |
Foto galereya