Deputatlar, masʼul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida viloyat kengashining navbatdagi 64-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida 2023-yilning 6 oyi davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish borasida viloyat prokurori Bektosh Sayipovni, jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida IIB boshlig‘i Shuhrat Satvoldiyevni, fuqarolar huquqlari va erkinliklari, korxona, muassasa va tashkilotlarning huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish borasida viloyat sudi rahbari Abduqayum Mahkamovni va norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati hamda huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘ral Ostanovlarni hisoboti tinglandi.

Shuningdek, viloyatda 2023-yilda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarining ijrosi to‘g‘risida viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam G‘afurovni ham hisoboti tinglanib, bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.

Barcha qarorlar “e-qaror.gov.uz” saytida eʼlon qilib borilmoqda.

09-08-2023 |
Foto galereya