Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev oqirtmaliklarga vaʼda qilgan qishloq fuqarolar yigʼini binosi foydalanishga topshirildi. Tadbir ochilishida ishtirok etgan tuman hokimi QFY binosi bilan oqirtmaliklarni qutlab, viloyat rahbari tashabbusi bilan qurilishi boshlangan bino Dehqonobod kaliy zavodi hamkorligida foydalanishga topshirilganini taʼkidladi.

Tadbirda soʼz olgan otaxonlarning aytishicha, 1994 yilda tashkil etilgan “Oqirtma” QFY oʼtgan yillar davomida tashlandiq binolarda, tadbirkorlarning ijaradagi idoralarida, hatto QFY raisining xonadonida turib faoliyat koʼrsatgan.

10-06-2021 |
Foto galereya