Xabaringiz bor, Prezidentimiz tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib eʼtirof etib borish kerakligini taʼkidlagan edilar.

Qashqadaryolik tadbirkor Nurbek Ergashev 50 yoshni qarshi olishi munosabati bilan Murotjon Azimov viloyat hokimligi jamoasi va o‘z nomidan faxriy yorliq bilan taqdirladi.

Keng tarmoqli tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanayotgan Nurbek Ergashev sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida olib borayotgan tinimsiz mehnatlari nafaqat viloyat, balki, respublikamizning taraqqiy etishiga munosib ulush bo‘lib qo‘shilmoqda.

U rahbarlik qilayotgan korxonalarda minglab yosh yigit-qizlar va malakali mutaxassislarning mehnat qilishi, hayotda munosib o‘rin egallashi uchun imkoniyat yaratayapti. Tadbirkor tashabbusi bilan ko‘plab kam taʼminlangan oilalarning holidan xabar olinib, turmush sharoitlari yaxshilanishiga erishilgan.

Shuningdek, u eng chekka qishloqlar aholisiga tez yordam mashinalari sovg‘a qilgan. Qashqadaryoda 700 ta xonadonli "Sulton saroy" turar-joy majmuasi qurilishini ham jadallik bilan boshlab yuborgan.

Maʼlumot uchun, tabirkor yuksak xizmatlari uchun davlatimizning “Do‘stlik” ordeni bilan ham taqdirlangan.

02-08-2023 |
Foto galereya