Viloyat hokimi Murotjon Azimov, sektor rahbarlari va tashkilotlar rahbarlari hamrohligida Ko'kdala tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda vohamiz aholisining 200 dan ziyod muammo va takliflari tinglandi.

Murojaatlarga shu joyning o'zida mas'ul rahbarga biriktirilib, ijrosini belgilangan muddatlarda qonuniy ijrosini ta'minlashga kelishib olindi. Ma'lum vaqt yoki asosli bo'lmagan murojaatlar bilan ham to'liq ishlab, haqiqiy holatni murojaatchi va mahalla ahli ishtirokida muhokama qilishga topshiriq berildi.

Qabul yakunida viloyat hokimi Yettitom shaharchada qurilayotgan tuman hokimligi va mahalliy idoralar uchun binolar, “Yangi O‘zbekiston” massivi, bog‘cha va maktablar, sport komplekslari, poliklinika, istirohat bog‘i, xalqaro ahamiyatdagi yo‘l bo‘yida xizmat ko‘rsatish va savdo majmualarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, o‘z tavsiyalarini berdi.

Ma'lumot uchun, murojaatlar uchun hokimlikning @qvh_murojaat_bot telegram-boti va Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish bo‘limining 75 221-07-60 raqami ishlab turibdi.

08-05-2023 |
Foto galereya