Dastlab Zoyir Mirzayev tumandagi "Yuqori Beshkent" qishlog‘i hududida qurilayotgan "Beshkent-Agro Klaster" MCHJ ga qarashli "Ip yigiruv fabrikasi" bino va inshootlari loyihasining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Zoyir Mirzayev qurilish ishlari bilan tanishar ekan, mazkur "Klaster usulda paxta va va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish majmuasi"ni sifatli va tez fursatlarda foydalanishga topshirgan holda aholi bandligini taʼminlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga o‘z ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

Shuningdek, viloyat hokimi tuman hududida joylashgan “Fayzobod” QFYdagi to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha "LT Textile International" MCHJ XK loyihasining qurilish jarayonlarini ham ko‘zdan kechirib, mazkur obyektning qurilishida ishtirok etayotgan chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro muloqot olib bordi.

22-06-2021 |
Foto galereya