Qashqadaryo viloyati IIBda viloyat hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad – ya’ni, xalqni rozi qilish va aholining kundalik va maishiy muammolarini hal etish birinchi darajadagi vazifa ekanligini ta’kidlandi. Bu borada Respublikaning barcha hududlarida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash, aholining kunlik ijtimoiy-maishiy muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” hal etish bo‘yicha yangicha ishlash tizimi yaratilgan.

Shunga qaramasdan, viloyat hududidagi qizil toifaga tushgan mahallalarda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldin olishda yetarli darajada ishlar tashkil etilmayotganligi ko‘zga tashlanmoqda.

 -Viloyat miqyosida “qizil” toifadagi mahallalarning  profilaktika inspektorlarii ishlasa, hududda jinoyat bo‘lmaydi. Xalqni rozi qilishda profilaktika xizmatini o‘rni beqiyos, - dedi viloyat hokimi Murotjon Azimov. - Prezidentimiz ham aynan profilaktikaga e’tibor berishi bekorga emas. Negaki, har bir ma’lumot birinchi bo‘lib profilaktika inspektoriga keladi. Inspektor loqayd bo‘lmay uni tekshirishi lozim.

Ushbu mahallalardagi muammolarni “mahallabay” va “xonadonbay” aniqlab, hal etish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha “ijtimoiy profilaktika” tizimini kuchaytirish, tuman-shahar sektor rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari boshliqlari va o‘rinbosarlari “qizil” toifadagi mahallalarga shaxsan mas’ul etib biriktirilib, ular har kuni bir soat jinoyatchilikning ahvolini tahlil qilib, tegishli chora-tadbirlarni belgilab, profilaktika inspektorlariga jinoyatlarni oldini olish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan. 

Ochiq muloqot ruhida kechgan tadbirda kelgusida, ushbu “qizil” toifadagi mahallalarda kreminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishi oldini olish hamda ushbu mahallalarni qizil toifadan yashil toifadagi mahallaga o‘tkazish maqsadida Jamoatchilik nazorat maskanlarini tashkil etib, IIB, Milliy gvardiya, “Fidokor yoshlar” va boshqa jamoatchilik vakillaridan iborat tungi xizmatni kuchaytirish, yoritilmagan ko‘chalar va savdo do‘konlari atroflariga yorituvchi chiroqlar o‘rnatish, hududlarni kameralashtirish taklifi berildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar soniga emas, balki sifatiga e’tibor bergan holda fuqarolarning muammolarini atroflicha o‘rganib chiqib, ularni mahalla yettiliga to‘g‘ri yo‘naltirib hal etish borasida ishtirokchilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbirda viloyatda jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishildi.

20-12-2023 |
Foto galereya