Bugungi kunda Nishon tumani ham har tomonlama o'zgarishlarga yuz tutmoqda. Tuman markazi yangi qiyofa kasb etib, aholi va mehmonlarga manzur bo'lmoqda.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektor rahbarlari tumanda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirish maqsadida hududda bo'lishdi. Ilk manzil ta'mirlash ishlari olib borilayotgan tuman tibbiyot birlashmasi bo'ldi. Rahbarlar qurilish xodimlari va birlashma vrachlari bilan suhbatlashib, qurilish-ta'mirlash ishlarini borishini sifati bilan qiziqdi.

Shuningdek, viloyat hokimi oilaviy poliklinika, yangi mehmonxonalar, tuman markazi va Nuriston shaharchasidagi bozorlarni borib ko'rdi. Nuriston shaharchasidagi bozorda savdo xodimlari va xaridorlar bilan suhbatlashib, kamchiliklar o'rtaga tashlandi. Bozor hududi mustaqillik bayrami arafasigacha yangi qiyofa kasb etishi ta'kidlandi.

05-06-2023 |
Foto galereya