O‘zbek va Eron xalqlari azaldan do‘st birodar bo‘lib, davlatlarimizning do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashda ikki davlat rahbarlari muhtaram Shavkat Mirziyoyev va muhtaram Ibrohim Raisiy tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq.

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Eron Islom Respublikasining yurtimizdagi elchisi Hamid Nayyirobodiy janoblarini qabul qildi. Suhbat davomida ikki tomonlama investitsion muhit va do‘stona hamkorlikni yanada rivojlantirish, Gʻuzorda ish boshlagan polimer ishlab chiqarish va Tabriz hamda Qarshi shaharlari o‘rtasidagi birodarlik kelishuvlari muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Tabriz shahri gubernatori vohamizga kelishi, Qarshi shahar hokimi boshchiligidagi delegatsiya Eron davlatiga borishi kutilmoqda. (Tabriz Eronning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan yirik iqtisodiy markaz hisoblanadi. Viloyat aholisining aksari oazarbayjon tilida so‘zlashadi. Fors tili ikkinchi rasmiy til hisoblanadi.)

06-05-2022 |
Foto galereya