Barchamizga maʼlumki, prezidentning tegishli farmoni bilan avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb eʼlon qilingan.

Shu boisdan, Qashqadaryoda ham mazkur sana munosabati bilan viloyatimizning bunyodkorligi va obodligi hamda voha ahlining farovon hayoti yo‘lida xizmat qilayotgan quruvchilar uchun bayram tadbiri va fayzli dasturxon tashkil etildi.

Viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan holda viloyat hokimi Murotjon Azimovning vohamizning barcha quruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va ularni samimiy qutladi.

Shuningdek, o‘z ishining chinakam va jonkuyari bo‘lgan soha egalari viloyat hokimligi tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Aytilgan go'zal kuy-qo'shiqlar esa bayramga yanada yuqori kayfiyat ulashdi.

14-08-2023 |
Foto galereya