Qarshi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida "5 tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqaning respublika bosqichi start oldi.
 
 
Dastlab, sportni rivojlantirish vazirligi va viloyat hokimligi rahbariyati ishtirokida tantanali ochilish tadbiri o‘tkazilib, musobaqa oldidan qur’a tashlash marosimi ham o‘tkazildi.
 
 
 
 
 
Ma’lumot uchun, mazkur voleybol bahslari 16-21 va 22-26 yosh toifasida o‘tkazilib, bu bosqichda ishtirok etuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar jamoalari o‘z raqiblari bilan 23-iyunga qadar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
21-06-2022 |
Foto galereya