Sakkiz oyda Qashqadaryo viloyati bo'yicha 100 gektardan ziyod bo'sh yer uchastkalari aniqlanib, Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborildi.

O‘tgan 8 oyda Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 2 184 ta ya'ni (197,82 gektar) bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlandi.

Aniqlangan bo‘sh yer uchastkalari "YERELEKTRON" axborot almashinuv tizimiga kiritilgan va 1 270 ta ya'ni 122,93 ga yer uchastkalari Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan. Yil boshidan beri 736 ta ya'ni (29,29 ga) bo‘sh yer uchastkalari onlayn auksion savdosida tadbirkorlarga sotilgan.

Hududlar kesimida ko‘rilganda: eng ko‘p bo‘sh yer uchastkalari G’uzor tumani hududida aniqlangan. 345 ta ya'ni 23,94 gektar. Shahrisabz tumanida esa eng ko'p bo'sh yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan 156 ta ya'ni 5,62 gektar. Eng ko'p bo'sh yer uchastkalari auksionda sotilgan hudud — Nishon tumani.Tumanda 92 ta 2,84 gektar yer uchastkalari auksion savdolarida tadbirkorlarga sotilgan

08-09-2023 |
Foto galereya