Xabaringiz bor, О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita nazorati ostida 2020 yil, 8 dekabr kuni "Mehr" operatsiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirilib, 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar Vatanimizga qaytarilgan edi hamda barcha qulayliklarga ega bо‘lgan sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirilib, issiq ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlanib, malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy va psixologik yordamlar kо‘rsatilgandi.

Ularning ichida bо‘lgan qashqadaryolik 2 nafar ayollar va 7 nafar bolalar bugun viloyatimizga olib kelinib, uylariga kuzatildi.

Avvalroq, Respublikamizning xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari vakillari ham kutib olingani haqida xabar bergan edik.

11-01-2021 |
Foto galereya