Viloyat hokimligi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dagi ishsiz, kam taʼminlangan, ijtimoiy ximoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan 223 nafar fuqarolarimizga subsidiya asosida 758 mln. so‘mlik (187 dona tikish mashinkalari, 18 dona payvandlash vositalari, 12 dona sug‘orish uskunalari, 3 dona motokultivator va boshqa turdagi asbob-uskunalar) asbob-uskunalar tarqatib berildi.

Tadbir davomida viloyat hokimi bilan suhbat qilgan fuqarolarimiz Prezidentimiz yaratib bergan ushbu imkoniyatdan foydalanib, kasbi va mehnati orqali ham oilasiga, ham davlatga foyda keltirishini taʼkidlashdi. 

Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyevalar ishtirok etdi.

23-11-2022 |
Foto galereya