“Muborak qorako‘l klaster” MCHJ “YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida “Ko‘zi ojiz odamni xo‘rlash kerak deb qayerda yozilgan, nega murojaatini hech kim eshitmagan, klasterni shohi bormi” mavzusida berilgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi

Mirishkor tumani hokimining 12.08.2019-yildagi 2567-sonli qaroriga asosan “Pomuq jasuri” MCHJga faoliyatini kengaytirish uchun “Pomuq” massivining 1199, 1101, 1102q, 1105q, 1109 konturlaridan jami 634 gektar yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, shundan 632 gektari yaylov, 2 gektari yo‘l osti yerlarini tashkil qilgan.

Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.09.2020-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6059-sonli Farmoniga asosan, shuningdek Mirishkor tumani hokimining 02.11.2020-yildagi 1897-sonli qaroriga va “Pomuq jasuri” MCHJ rahbari J.Shonapasovning o‘z arizasiga ko‘ra shu jamiyat egaligida bo‘lgan 634 gektar yer maydoni tuman hokimligi zaxira yer fondiga qaytarilgan.

Shu munosabat “Pomuq jasuri” MCHJ rahbari J.Shonapasov bilan Mirishkor tumani hokimligi o‘rtasida tuzilgan yerni ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan.

Umuman olganda, Mirishkor tumanidagi 12 ta massiv bo‘yicha 218 095 gektar yaylov yer maydonlari Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan Farmoniga asosan zaxiraga qaytarilib, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligiga o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, bu haqda Mirishkor tumani hokimining 30.09.2020-yilda 1822-sonli qarori qabul qilingan.

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha viloyat hokimining 02.10.2020-yildagi 849-sonli qaroriga ko‘ra 1 214 140 gektar yaylov yer maydonlari Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligiga o‘tkazilgan va keyinchalik Mirishkor tumani, “Pomuq” massividagi 150 ming gektardan oshiq yaylov yer maydoni “Muborak qorako‘l klaster” MCHJga ijara shartnomasi asosida berilgan.

O‘z navbatida, “Pomuq jasuri” MCHJ sobiq “Qorako‘lchilik” uyushmasiga a’zo bo‘lib kirgan va tomonlar o‘rtasida uyushmaga qorako‘lchilik sub’yektlarini a’zo qilish to‘g‘risida 22.10.2020-yilda 04/6-25-sonli shartnoma tuzilgan.

Shundan kelib chiqib, “Muborak qorako‘l klaster” MCHJ tomonidan muqaddam “Pomuq jasuri” MCHJdan zaxiraga qaytarilgan 634 gektar yaylov yer maydoni klaster va ijarachi o‘rtasida yaylovlarni ikkilamchi ijaraga berish to‘g‘risida 22.10.2020-yilda tuzilgan 26-sonli shartnomaga asosan “Pomuq jasuri” MCHJga ikkalamchi ijaraga berilgan.

Shuni aytib o‘tish joizki, “Pomuq” massividagi yaylov yer maydonidan shu yaqin hududlarda yashovchi (shu jumladan murojaat muallifi J.Shonapasov ham shu yashaydigan qishloq), chorva moli mavjud aholining aksariyat qismi doimiy ravishda foydalanib kelgan.

“Pomuq jasuri” MCHJ rahbari J.Shonapasov ham muqaddam o‘ziga tegishli bo‘lgan yaylov yer maydonidan aholi bilan birgalikda foydalanib kelgan, aynan “Pomuq jasuri” MCHJ uchun ajratilgan yer maydonidan umuman yaxlit holda bir o‘zi foydalanmagan, umuman olganda ko‘p sonli aholining noroziligi va e’tirozlari sababli 634 gektar yer maydoniga yakka o‘zi egalik qilish va foydalanish imkoniyati bo‘lmagan.

Videolavhada “Pomuq jasuri” MCHJ rahbari J.Shonapasov go‘yoki men tomonimdan “uni kamsitilganligi va shaxsiyatiga tegilganligi” haqida aytib o‘tilgan bo‘lib, umuman haqiqiy holatga to‘g‘ri kelmaydi.

Shaxsan men “Pomuq jasuri” MCHJ rahbari J.Shonapasov bilan borib gaplashganimda uning shaxsiyatiga tegmaganman, haqorat qilmaganman, o‘zaro suhbatimizga o‘sha hududda yashab kelayotgan ko‘p sonli aholi vakillari ham guvoh bo‘lishgan.

Bundan tashqari, aholi vakillari bilan gaplashilganida “Pomuq jasuri” MCHJ rahbari J.Shonapasov ularning chorva moli boqishiga to‘sqinlik qilayotganligi, ularga tegishli cho‘pon uylarini buzib tashlaganligini ham aytib o‘tishdi.

Men “Pomuq jasuri” MCHJ rahbari J.Shonapasov bilan gaplashganimda unga hammasi bir joyni odami ekanligi, shuning uchun o‘zaro kelishgan holda yaylovdan foydalanish kerakligini tushuntirganman.

Shuningdek, “Pomuq jasuri” MCHJ J.Shonapasov “Muborak qorako‘l klaster” MCHJdan ikkilamchi ijara shartnomasi asosida olgan yer maydonidan foydalanishda aholining e’tiroziga sabab bo‘layotganligi, agar o‘zaro kelishmasa boshqa yaylov yer maydoni ijaraga berilishi tushuntirib o‘tildi.

Shunga qaramasdan, “Pomuq jasuri” MCHJ J.Shonapasov tushunishni xohlamasdan go‘yoki “undan yaylov yer maydoni tortib olinganligi, ishiga to‘sqinlik qilinayotganligi, o‘zi haqoratlanganligi” kabi vajlarni aytib ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, shu hududda doimiy yashovchi ko‘plab fuqarolar ham “yaylovdan ota-bobolari foydalanib kelganliklari, hozirda bu yerlarda faqat J.Shonapasov o‘zi mol boqishi noto‘g‘riligi, o‘zlarini chorva moli boqib ish bilan band qilishlarini” bildirishdi.

J.Shonapasovning “Pomuq jasuri” MCHJga ikkilamchi ijaraga berilgan yer maydoni chegarasiga yaqin hududlarda yashovchi, ayniqsa “Muborak qorako‘l klaster” MCHJ bilan kooperasiya asosida shartnoma tuzgan holda yaylov yeridan foydalanish huquqi bo‘lgan va kam ta’minlangan, o‘zini-o‘zi ish bilan band qilib, chorva moli boqib kelayotgan oilalarga to‘sqinlik qilishi va aholi murojaatlariga sababchi bo‘layotganligi “Muborak qorako‘l klaster” MCHJ faoliyati bilan bog‘liq asossiz e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda.

“Muborak qorako‘l klaster” MCHJ
rahbari Olim Oqmamatov

24-05-2022 |
Foto galereya