"Turon24/7" telegram kanalida tarqalgan "Hokim yordamchilarini pullari qayerda?" mazmuni ostidagi xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
 
Birinchidan:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son Farmoning 5-band 2-xatboshisida, "hokim yordamchilari lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi" deb ko‘rsatilgan;
 
Ikkinchidan: Qashqadaryo viloyat hokimining 2022-yil 11-yanvardagi 1-4-0-F/22-son Farmoyishining 6-band 2-xatboshisida, viloyat boshqarma "Faoliyati samaradorligi monitoringiga ko‘ra past natija ko‘rsatgan hokim yordamchilarini lavozimidan ozod etish hamda vakant lavozimlarga yangi ochiq tanlovlarni e’lon qilish bo‘yicha takliflarni viloyat hokimi boshchiligidagi tanlov komissiyasiga taqdim etib borsin" deb ko‘rsatilgan.
 
Uchinchidan: Qashqadaryo viloyat hokimining 2022 yil 11 yanvardagi 1-4-0-F/22-son Farmoyishi bo‘yicha Yakkabog‘ tumani Jiyda MFYga Rajabov Jamshid Mixliyevich, Obod MFYga Do‘stmurodov Salim Ro‘ziyevich, Sovuqbuloq MFYga Berdiyev Mavlon Turdialiyevich, Chinobod MFYga Ergashev Quvondiq Nortoshov, Daryo MFYga Turdiyev Alimardon Jovliyevich, Bunyodkor MFYga Normurodov Shuxrat Yo‘ldoshevich, Xo‘jailg‘or MFYga Karimov Asliddin Abdusamat o‘g‘li, To‘qboy MFYga Ochilov Shavkat Yo‘ldoshevich, Guliston MFYga Berdiyev Bobur Toshkant o‘g‘li, Mustaqillik MFYga Jo‘rayev Jasur Jaxongirovich hokim yordamchiligi lavozimiga tayinlangan.
 
To‘rtinchidan: Tuman hokimligi tomonidan yuqoridagi hokim yordamchilaridan 4 nafari ishdan bo‘shatilgan. Shuni inobatga olgan holda viloyat hokimligi tomonidan 4 nafar bo‘sh o‘rinlarni e’longa qo‘yish bo‘yicha topshiriq berilgan (№03/962-sonli aloqa xati). 
 
XULOSA: Tuman hokimligi vakant o‘rinlarni to‘liq e’longa berishi va belgilangan tartibda viloyat komissiyasiga kiritishi zarur. Viloyat hokimligi amaliy yordam berishga tayyor.
 
 
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish agentligining Qashqadaryo 
viloyat hududiy boshqarmasi
05-05-2022 |
Foto galereya