Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida imtiyozli xarid qilinib, Qarshi shahriga keltirilgan 17 ta "ISUZU" rusumli maxsus chiqindi tashish texnikalari “Qashqadaryo ekotrans” MCHJga topshirildi.

Maxsus texnikalarni jamiyatga tantanali topshirish tadbirida viloyat hokimi Murotjon Azimov, shahar hokimi Normo‘min Xolboyev, tegishli mutasaddilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Maxsus texnikalar kalitini viloyat hokimi topshirar ekan, Respublikamiz bo‘ylab 30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi” doirasida o‘tkaziladigan aksiya vaqtida ushbu texniklarning viloyatimizga topshirilishi shaharning tozaligi, obodligi uchun o‘z xissasini qo‘shadi.

08-08-2023 |
Foto galereya