Turkiya Respublikasining Maltepa shahri hokimi Ali Kilich boshchiligidagi mehmonlar Qarshi shahrida bo‘ldi. Mehmonlarni shahar hokimi Normo‘min Xolboyev kutib oldi.

Maltepa shahri hokimi Ali Kilich 2021-yilda shahrimizda bo‘lib, mazkur tashrif doirasida Qarshi shahri va Maltepa shaharlari o‘rtasida qardoshlik aloqalarini mustahkamlovchi memorandum imzolangan edi.

Ikkala shahar o‘rtasida o‘rnatilgan madaniy aloqalar doirasida mehmonlar viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.

Bu yerda mehmonlar uchun viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan Maltepa teatri bosh rejissyori Kubilay Erdelikara tomonidan J.Moler asari asosida sahnalashtirilgan “Xasis” spektakli namoyish etildi.

Spektakldan so‘ng Qarshi va Maltepa shaharlari hokimlari tomonidan ikkala shahar o‘rtasida madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

19-06-2023 |
Foto galereya