Xabar berganimizdek, bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Shvetsariyaning "Globogate concept AG" kompaniyasi rahbari Yohannes Meyer bilan o‘rta tibbiyot xodimlarini vohamizda nemis tiliga o‘qitish va Germaniya davlatida tibbiyot sohasida qonuniy ishlashi borasida muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘rtaga tashlangan masalalarni birgalikda hal etishlari uchun anglashuv memorandumiga ham imzo chekishdi.

Unga ko‘ra, viloyatimizdagi hamshiralarni shu yerning o‘zida nemis tiliga o‘qitish va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Germaniya davlatida qonuniy ishlashlari taʼminlanadi.

08-02-2024 |
Foto galereya