Viloyatimizdagi davlat OTM talabalari uchun 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab “Hokim stipendiyasi” joriy etildi.

Prezidentimizning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularni ta’lim olishda yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishishiga undash maqsadida tashkil etilayotgan tanlov ma'qullangan Nizom asosida o'tkaziladi.

Nizomga asosan, 14 nafar g'oliblarga o‘quv yilining sentabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida qo‘shimcha stipendiya to‘lanadi.

Batafsil tanishib chiqish

Tanlov ishtirokchilarining iqtidori quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

- Fan olimpiadalari va turli tanlovlardagi ishtiroki;
- Yo'nalishlar bo'yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
- Kamida ikkita e'lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
- Xorijiy tillarini bilishi;
- O'zbekiston tarixini bilishi;
- Axborot texnologiyalaridan savodxonligi.

Ro'yxatdan o'tish uchun
https://forms.gle/G4QrzrcA6jG3oP838 

Arizalar qabuli 2-avgustdan 11-avgustgacha

Murojaat uchun: 99-026-11-99
Murojaat uchun: @IT_Park_Karshi  

27-07-2023 |
Foto galereya