Tomchilatib sug‘orish bu mukammal sug‘orish texnikasi bo‘lib, u qo‘llanilayotganda suv bilan birgalikda, zaruriy o‘g‘itlar sug‘orilayotgan ekinning ildiz qismiga uzatib beriladi. Paxta va bug‘doyning hosildorligi 30%gacha, mevali daraxtlar  va sabzavot ekinlarining hosildorligi 50%gacha oshadi. Gektaridan o‘rtacha 25-30 foizgacha mineral o‘g‘itlar tejab qolinadi. Shu maqsadda, viloyatimizda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 18-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu jihatga alohida eʼtibor qaratilib, hokimlarga tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish holatini o‘rganish maqsadida Qarshi tumanida o‘rganishlar olib bordi. Masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, viloyat rahbari hududda yangi loyihalar asosida bunyod etilayotgan tekstil korxonasida olib borilayotgan qurilish ishlarini holati, tadbirkorni rejalari bilan tanishdi. Korxonani tez fursatlarda ishga tushishi uchun hokimlik tomonidan kerak bo‘ladigan barcha yordamga tayyorligini bildirdi.

05-06-2023 |
Foto galereya