Loyiha qiymati 15 mln. dollar boʼlgan yiliga 4550 tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega “Hilolteks” MChJning 1-bosqichi ishga tushdi. Ushbu korxonada jami 280 nafar yangi ish oʼrinlari yaratildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, korxonaning ish faoliyatiga omadlar tiladi.
Аvvalroq, Kitob tumanida ham "Kitob ip-yigiruv" АJning 7200 tonna ip-kalava ishlab chiqaruvchi 2-bosqichi, ishga tushirilib, 600 ta ish oʼrni yaratilgan edi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar yana umumiy qiymati 151,4 mln. dollar boʼlgan 3 ta shu kabi quyidagi yangi korxonalar ish faoliyatini boshlaydi:
Qarshi tumanida loyiha qiymati 100 mln. dollar boʼlgan “LT Tekstil International" MChJ xorijiy korxonasining yiliga 15 000 tonna aralash ip-kalava ishlab chiqaruvchi 2-bosqichi (ish oʼrni 850 nafar);
Koson tumanida loyiha qiymati 33,4 mln. yevrolik "Bunyodkor" MChJ tomonidan yiliga 5,9 ming tonna ip-kalava,
3,9 ming tonna mato, 8,0 mln dona tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga moʼljallangan 2-bosqichi (ish oʼrni 600 nafar);

Shahrisabz tumanida “Oqsaroy klaster” MChJning loyiha qiymati 20,4 mln. dollar boʼlgan, quvvati yiliga 7000 tonna ip-kalava ishlab chiqarish loyihalaridir (450 nafar ish oʼrni).
Mazkur korxonalarni foydalanishga topshirish natijasida viloyatda paxtani qayta ishlash darajasi 53 %dan 88%ga oshirilishiga hamda koʼshimcha yangi 1950 nafar yangi ish oʼrinlari yaratilishiga erishiladi.

09-06-2021 |
Foto galereya