Muhtaram Prezidentimiz mamlakatning taraqqiyotida madaniyat, sanʼat, teatr va maʼnaviyatning hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan o‘rni va ahamiyati haqida ko‘p taʼkidlaydilar.

Shu maqsadda, Qashqadaryoda ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 11 ta tuman madaniyat bo‘limi uchun “Damas” avtotransport vositasi xarid qilindi, “Kasbi tumani 16-sonli “Yangi O‘zbekiston” madaniyat markazi taʼmirlandi hamda zarur jihoz va musiqa cholg‘ulari bilan taʼminlandi, Kasbi, Mirishkor va Qamashi tumanlaridagi bolalar musiqa va sanʼat maktablariga 940 mln. so‘mlik musiqa cholg‘ulari, ovoz kuchaytirgich moslamalari hamda mebel jihozlari keltirildi. Viloyatdagi umumtaʼlim maktablarining 626 tasi 1 mlrd. 580 mln. so‘m mablag‘i hisobiga 1 647 dona musiqa cholg‘ulari bilan taʼminlandi. 7 ta madaniyat markazida taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Qashqadaryoda qo‘g‘irchoq teatri ham bunda 29 yil oldin, yaʼni, 1994-yilda ish boshlagan. Teatr jamoasi muqim ish o‘rniga ega bo‘lmagan, hali viloyat teatri huzurida, hali “Barkamol avlod” ijodiyot markazi yonida faoliyati yuritib kelgan.

Teatr sohasi vakillarining mashaqqatli va sharafli mehnatlari, yosh avlod taʼlim-tarbiyasidagi g‘oyat muhim va sharafli vazifalarini inobatga olgan holda, muhtaram Prezidentimizning alohida eʼtiborlari bilan loyiha qiymati 25 mlrd. so‘m bo‘lgan mana shunday zamonaviy teatr binosi qurib bitkazildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov va bir qator madaniyat xodimlari ishtirok etdi.

06-11-2023 |
Foto galereya