Prezidentimizning 2023-yil 12-iyunda qabul qilgan 91-sonli Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Qarshi shahrida “Hunarmandchilik maxsulotlari savdosiga ixtisoslashgan savdo paviloni” tashkil etilishi mamlakatimizda hunarmandchilik sohasiga qaratilayotgan eʼtiborning yana bir yaqqol naʼmunasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Vohamiz hunarmandlarining maxsulotlarini sotilishida hamda milliyligimizni keng targ‘ib etilishida ko‘mak beradigan, halqimiz va xorijdan tashrif buyuradigan mehmonlarimizga ham xizmat ko‘rsatadigan ushbu pavilonda tariximizni aks ettiradigan minglab hunarmandchilik mahsulotlari mavjud.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etib, kelgusida hunarmandchilik sohasini rivojlantirish, sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ayniqsa, ayollar va yoshlarni bandligini taʼminlashga hamda turizm salohiyatining oshishiga xizmat qiladigan maskan bilan barchani tabrikladi.
Yakunda mehmonlar va hunarmandlar uchun “Odina” masjidi hovlisida iftorlik dasturxoni yozildi.