Viloyatimizning har bir mahallalarida, hiyobonlarda bahor faslining bor go‘zalligini o‘zida mujassam etgan, yangilanish va poklanish ayyomi – Navro‘z bayrami o‘tkazildi.

Aytish joizki, Qarshi shahrining Sohil bo‘yi, “A.Navoiy” nomidagi bog‘ va "Shayxali" MFYlarda, boshqa ochiq joylar hamda mahallalarda viloyat bayrami ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Bayram nishonlangan sayilgohlarda namoyish etilgan taniqli artistlar va xajvchilarning chiqishlari, milliy liboslar, taqinchoqlar, qo‘lda chizilgan rasmlar hamda boshqa ko‘rgazmalar, varrak uchirish, milliy o‘yinlar musobaqalari voha ahliga ko‘tarinki kayfiyat va bayram yanada shodli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Ta’kidlash kerakki, bayramga kelganlar estrada xonandalari va teatr aktyorlarini jalb etilgan yuqori saviyadagi bayramona konsertlardan bahra olishdi.

Bayram munosabati bilan viloyatda ko‘p qavatli uylar, ko‘chalar, mahalla binolari, maktab va bog‘chalar foydalanishga topshirilishi ham voha ahliga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Quyida bayram tadbirlaridan olingan fotogalereya bilan tanishing:

20-03-2021 |
Foto galereya