Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida yengil atletika bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o'tkazilayotgan Osiyo chempionatining uchinchi kungi bahslarida qashqadaryolik yengil atletikachi Barnoxon Sayfullayeva 1-urinishdayoq 1.84 sm balandlikni zabt etgan holda oltin medalni qo’lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, yigirma marta O‘zbekiston chempioni bo'lgan Barnoxon Sayfullayeva 2022-yilda yengil atletika bo'yicha 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Quvayt davlatida bo‘lib o‘tgan (Kuweit 2022 U18 Asian Championships) Osiyo chempionatida ham yurtimiz bayrog'ini eng yuqoriga ko'targan.

06-06-2023 |
Foto galereya