Sir emas, hammamizning hayotimizdagi yaxshi va beg‘ubor damlar, tashvishli kunlar, taqdirimiz va kelajagimiz, o‘zini o‘zi boshqarishning noyob tizimi bo‘lgan mahalla bilan bevosita bog‘liq.

Maʼlumki, mamlakatimizda bu yil ilk marotaba “Eng namunali mahalla raisi” tanlovi oʻtkazilmoqda. Uning Qashqadaryo viloyati bosqichida 16 nafar nomzod gʻoliblik uchun bellashdi. Bu bosqichda ishtirokchilar uchta shart - amalga oshirilgan ishlar taqdimoti, sohaga oid qonun hujjatlari boʻyicha savol-javoblar hamda muammoli vaziyatlarga yechim topish boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Koson tumanidagi “Regzor” MFY raisi Hamza Oʻrinov 1-oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin Kitob tumanidagi “Nurafshon” MFY raisi Alisher Rasulovga, uchinchi oʻrin esa Shahrisabz tumanidagi “Qutchi” MFY raisi Gulchehra Imomovaga nasib etdi.

Koʻrik-tanlovning gʻolib va sovrindorlari hamda faol ishtirokchilariga diplomlar, pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tanlovda viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etib, mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uni aholi muammolarini hal etishda, birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan harakatlarni faollik bilan amalga oshirishga barchani chorladi.

11-03-2024 |
Foto galereya