Suv yo‘qotishlarini kamaytirish, buning uchun kanallarni betonlashtirish, kompozit va boshqa turdagi yangi materiallardan foydalanish, innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha Davlatimiz rahbari tomonlaridan berilgan topshiriq viloyat rahbarlarining diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov irrigatsiya tarmoqlarini betonlashtirish va taʼmirlashda yangi turdagi mahsulot bo‘lgan geosintetik betonli kompozit materiallardan foydalanishni taklif etayotgan Buyuk Britaniyaning «United Concrete Canvas» kompaniyasi hammuassisi Ien Vudkok bilan uchrashdi.

Kompaniya mahsuloti suv o‘tkazmaydigan LLDPE membrana, ultrabinafsha nurlariga chidamli tashqi sirt, yuqori zichlikdagi chokli kompozit material, yengil va mustahkam beton qorishmadan foydalanilgan bo‘lib, uni ariq va kanallarga o‘rnatish ham ko‘p vaqt talab etmaydi.

Tomonlar muloqot davomida ushbu loyihani vohamizda amalga oshirishni avval tayyor mahsulotdan foydalanish va tez orada ishlab chiqarishni ham shu yerda amalga oshirish bo‘yicha kengaytirilgan muzokaralarni o‘tkazishga kelishib olishdi.

01-02-2024 |
Foto galereya