Shu yilning 7-aprel kuni Prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ichki yo‘llar sifatini yaxshilash masalasi muhokama qilinib, bu borada Andijon tajribasi ko‘rsatib o‘tildi. Yig‘ilishda hududlar hokimlariga mahallalarda asfalt-beton o‘rniga sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni barpo etish vazifasi qo‘yildi.
 
Bu borada Qarshi shahri Xontepa mahallasida ichki yo‘llarni sement-beton qoplamaga o‘tkazish ishlari boshlandi. Ayni paytda “Elyor loyiha qurilish kompaniyasi” klaster korxonasi tomonidan Kultepa va Maysazor ko‘chalaridagi ichki yo‘llarga sement-beton qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda.
 
Loyihaga asosan mahalladagi Kultepa ko‘chasining 133 metr, Maysazor ko‘chasining 408 metr, Nuriston ko‘chasining 495 metr qismini sement-beton qoplamali yo‘lga o‘tkazish rejalashtirilgan.
12-04-2022 |
Foto galereya