Viloyat hokimi Murotjon Azimov hamda vohamizda joylashgan oliygohlar rektorlari ishtirokida Qarshi davlat universiteti hovlisida "Yashil makon" umummilliy loyihasi munosabati bilan mevali va manzarali ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Unda dastlab so‘zga chiqqan viloyat rahbari Murotjon Azimov mazkur universitet uchun alohida maydon ajratilishini va u yerda ko‘rkam bog‘ tashkil etilishini maʼlum qildi.

Shundan so‘ng mehmonlar oliygoh o‘qituvchi va talaba-yoshlari bilan birgalikda universitet hududiga 2000 dona daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini boshlab berishdi.

Ma'lumot uchun, Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlanganiga 2 yil bo‘ldi. Shu davrda 1200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, ko‘cha va yo‘laklar bo‘ylab 1 million gektardan ortiq yashil maydon barpo etildi. Joriy yilning kuzgi daraxt ekish mavsumi 25-oktabrdan 1-dekabrgacha davom etadi.

10-11-2023 |
Foto galereya