O‘tgan hafta davomida viloyat hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Boshqirdiston Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimiz muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, boshqa madaniy tadbirlarni tashkillashtirish hamda ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida bir qator tadbir va uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Birinchi haftada delegatsiyaga hamrohlik va amaliy yordamlar ko‘rsatgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi xodimlariga, Boshqirdiston Tashqi iqtisodiy aloqalar va Kongress faoliyati vazirligining yurtimizdagi vakiliga, Boshqirdiston “Yevrosiyo” o‘zbek milliy madaniyat markazi hududiy jamoat tashkiloti raisiga hamda o‘zbek talabalarga vohamiz vakillari o‘z minnatdorchiligini bildirib, viloyat hokimining estalik sovg‘alarini topshirishdi.

Bugun esa navbatdagi manzilga yetib borgan Qashqadaryo delegatsiya aʼzolarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili va Nijniy Novgorod viloyati hokimligi (administratsiyasi) kutib oldi. Bu yerda ham o‘rganishlar va o‘zaro ikki tomonlama manfaatli bir qator uchrashuv hamda kelishuvlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

26-09-2022 |
Foto galereya