Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov raisligida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda Murotjon Azimov Kengash raisi sifatida viloyatimizda bu yo‘nalishda qilingan va qilinishi lozim bo‘lgan statistik ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Akbar Tog‘ayev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘rinbosari Zohid To‘raqulov, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari, tegishli boshqarma, tashkilot va korxona rahbarlari, hududiy studiyalardan esa shahar va tumanlar hokimlari hamda sektorlari rahbarlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etishdi.

Kengash yig‘ilishida viloyatda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, kelgusi vazifalar hamda joriy yil sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari to‘g‘risida hisobotlar tinglandi.

30-11-2023 |
Foto galereya