Muborak tumanida yangi hokim ish boshladi

Bugun Xalq deputatlari Muborak tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi. Unda tashkiliy masala koʼrib chiqildi.

Deputatlar tomonidan Muborak tumani hokimi etib Aripov Akram Oromovich tasdiqlandi.

Akram Aripov Qarshi tumani hokimining qishloq va suv xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Sessiyada viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

09-06-2021 |
Foto galereya