Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligida meva-sabzavotchilik, paxtachilik va g‘allachilik  tarmog‘ini yanada rivojlantirishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, klasterlar faoliyatini samarali tashkil qilish hamda eksport masalalari bо‘yicha seminar bо‘lib о‘tdi.

Seminarni о‘tkazishdan maqsad amaliy misollar asosida viloyat agrar tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar, klasterlar faoliyatini samarali yо‘lga qо‘yish, eksport salohiyatini oshirish, hududlarda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yо‘lga qо‘yish borasidagi ishlar, eksportchilar uchun yaratilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirishdan iborat. Tadbirda viloyat, tuman va shahar hokimlik va idoralar vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, Qashqadaryo viloyati qishloq xо‘jaligi ulkan salohiyatga ega, bugungi kunda viloyatda 26 937 gektar yer maydonida bog‘ va tokzorlar mavjud bо‘lib, shundan 19 330 gektar bog‘lar, 7 607 gektar yer tokzorlarni tashkil etadi. О‘tgan yilda 34071 tonna 53,3 million dollarlik meva sabzavot eksporti amalga oshirilib, 2018 yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 3,2 barobarga kо‘paydi.

Tadbirda ishtirokchilarga 2019 yil 11 dekabrdagi Prezident qarorida kо‘zda tutilgan imtiyozlar va Prezidentimizning 2019 yil 23 oktabrdagi farmoni bilan О‘zbekiston Respublikasi Qishloq xо‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mо‘ljallangan strategiyasi tо‘g‘risida batafsil axborot taqdim etildi. Seminarda qishloq xо‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tegishli vakillar ma’ruza qilib, о‘z faoliyati va istiqboldagi vazifalari bilan tanishtirdi. Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishda klasterlar faoliyatini samarali tashkil qilish, viloyat hududlarida intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo qilishning samarali yо‘nalishlari, viloyatda limonchilikni rivojlantirish va zamonaviy limonariyalar tashkil qilish istiqbollari, viloyatda 2020 yil, shu jumladan joriy yilning I-choragida eksport prognozining bajarilishini ta’minlash bо‘yicha amalga oshirilishi lozim bо‘lgan dolzarb vazifalar, paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish va klasterlar faoliyatini samarali yо‘lga qо‘yish, g‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish va sohada klasterlar faoliyatini samarali yо‘lga qо‘yishning amaliy jihatlariga e’tibor qaratildi.

Seminar davomida Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi va Qamashi tumanlari hokimlari hamda meva-sabzavotchilik klaster korxonalari rahbarlarining, meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishda klasterlar faoliyatini samarali tashkil qilish chora tadbirlari bо‘yicha A.Zakirov - Kitob tumani hokimi, I.Amanov – Shahrisabz tumani hokimi, A.Safarov – Yakkabog‘ tumani hokimi, X.Djurayev – Chiroqchi tumani hokimi, SH.Sanayev – Qamashi tumani hokimi, klaster korxonalari rahbarlari taqdimotlari о‘tkazildi. Shuningdek, seminarda meva va sabzavot yetishtirish, eksport va qayta ishlash jarayonlaridagi muammolar, klasterlarni tashkil etishda yanada samarali imkoniyatlar va dolzarb vazifalar kо‘rib chiqildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

18-02-2020 |
Foto galereya