Mard o‘g‘lonlarimizni tantanali kuzatuv marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, bo‘lajak askarlar, ularning yaqinlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Murotjon Azimov so‘zga chiqib, Vatanni himoya qilishdek muqaddas va sharafli burchni bajarishga shay turgan o‘g‘lonlarga bukilmas iroda, so‘nmas matonat va kuch-g‘ayrat tiladi.
Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, “Armiyamiz yosh avlodni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va anʼanalarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynamoqda”.
Maʼlumot uchun, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi va uning bo‘ysunuvidagi tuman, shahar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan 2024-yilgi chaqiruv mavsumi uchun 3988 nafar yoshlar muddatli harbiy xizmatga yuborish uchun qamrab olindi.