Tojikiston Respublikasining yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda bilan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov o‘rtasida sanoat va turizmni hamkorlikda rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi vohamizning turizm va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi yutuq va imkoniyatlarini so‘zlab bergan bo‘lsa, elchi janoblari vohaning bir qator tumanlarida bo‘lib, bir qator sohalardagi rivojlanishlarni, ayniqsa, Oqsaroy majmuasidagi tarixiy qadamjolarni alohida eʼtirof etdi.

Tomonlar kelajakda bir qator sohalarni hamkorlikda rivojlantirish bo‘yicha kelishib olishdi.

Shuningdek, elchi janoblariga viloyat hokimligida tashkil etilgan yil davomida yashillikka burkanib turadigan ichki bog‘, kutubxona va adabiyot burchagi tanishtirildi.

11-12-2023 |
Foto galereya