Viloyat hokimi Murotjon Azimov Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasidan qaytarilgan qashqadaryolik 7 nafar voyaga yetmagan qizlar hamda ularning ota-onasi va vasiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ularning hayotiy muammolari o‘rganilib, tuman/shahar hokimlariga qiz bolalarni shaxsan nazoratga olib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bilim olib mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shadigan soha vakillari bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi hamda haftada kamida bir marotaba ularning holidan xabar olishi, taʼlim muassasasi va mahalla faollari ularni kelajagi uchun bugundan tashvishlanishi taʼkidlandi.

Shuningdek, qizlarning har biriga viloyat boshqarma rahbarlari biriktirilib, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, taʼlim va sport turlariga jalb etish hamda muammolaridan doimiy xabardor bo‘lib turish vazifalari yuklatildi.

05-12-2023 |
Foto galereya