Viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat sektorlar va tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank xizmatlari, sog‘liqni saqlash, bandlik, yer ajratish, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid 80 nafardan ziyod fuqarolarning 100ga yaqin murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida barcha murojaatlar tegishlicha o‘rganildi, ko‘pchiligiga shu joyning o‘zida yechim topildi va vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlar yordamida ularning ijrosini taʼminlashga qaratildi.

07-09-2023 |
Foto galereya