Tumanning "Tinchlik" MFY hududidagi 1 gektar yer maydonida "Naxshab tex group" MCHJ tomonidan “Sulton” brendi ostida tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobidan 10 mlrd.so‘m hamda bank krediti orqali 12,3 mlrd.so‘m, umumiy qiymati 22,3 milliard so‘m bo‘lgan tikuvchilik fabrikasi ishga tushirilish arafasida.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov ushbu loyiha qurilishining yakuniy jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu sanoat korxonasida bo‘ldi. Joriy yilning avgust oyida ishga turilishi kutilayotgan ushbu sanoat korxonasida 600 nafarga yaqin mahalliy xotin-qizlar va yoshlar ish bilan taʼminlanadi. Viloyat rahbari loyihani o‘z muddatida ishga tushirish hamda korxonada faoliyat olib boradigan xodimlar uchun shart-sharoitlar yaratishga ham alohida eʼtibor qaratilishi lozimligi xususida ko‘rsatmalar berdi.

Maʼlumot o‘rnida, ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida qo‘shimcha 10 mln. dollarlik tayyor mahsulot eksport qilinishiga erishiladi. Asosiy eksport yo‘nalishi Turkiya, Bolgariya, Rossiya va Ukraina davlatlaridir.

28-07-2023 |
Foto galereya