Ayni kunda Kasbi tumanida uzumchilikni rivojlantirish, yangi tokzorlar barpo etish borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanning “Komilon” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “New life” fermer xo‘jaligi a’zolari 10 gektar yerda yangi tokzorlar barpo etishmoqda. Ayni kunda fermer xo‘jaligi dalalariga tok ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
- Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidan 10 ming dona “Ketmon sopi” va “Rizamat ota” kabi uzum navlarini keltirib, hozirda ushbu tok ko‘chatlarini ekish ishlarini olib boryapmiz. Maqsad tumanda uzumchilikni rivojlantirish orqali, ichki bozorga oliy navli uzum mahsulotlarini yetkazib berishdir, – deydi fermer xo‘jaligi raisi Sherzod Quvvatov.
Uzumchilik serdaromad soha va sustkashlikni ko‘tarmaydi. Toklar to‘g‘ri parvarish qilinsa, hosildorlik yildan-yilga oshadi.